• 11:17 – Ko'p beriladigan savollarga javoblar 
  • 22:48 – Foydalanuvchilar fikrlari 
  • 10:50 – To'lov amalga oshirish 
  • 18:14 – Biz bilan aloqa uchun 

Yangi bojxona to'lovlari haqida

[xfgiven_gallery][xfvalue_gallery][/xfgiven_gallery]
 
Mana oradan ko'p fursat o'tib, saytimizda yana maqola yozishga ahd qildik, bu orada yurtimizda juda ko'p narsa yaxshi tarafga o'zgarishga ulgurdi, bulardan biri valyuta kursi bo'lsa, ikkinchi bojxona to'lovlaridir, ushbu maqolamizda yangi bojxona to'lovlari haqida qisqacha tushuncha beramiz.
 
Eng avvalo jismoniy shaxslar uchun berilgan imtiyoz haqida to'xtalib o'tsak. Bu shunday imtiyozki har bir O'zbekistonga kirib keluvchi shaxs o'zi bilan birga qiymati 1000 AQSH dollarigacha bo'lgan va faqat shaxsiy iste'mol uchun bo'lgan moddiy tovar va boyliklarni hech qanday boj to'lovlariisiz olib kirish imkoniyatiga ega. Bu yerda "shaxsiy iste'mol uchun" deyilgan joyiga e'tiboringizni qaratishingizni so'raymiz. Bu bir bosh kiyim kechak, bir juft oyoq kim, bir dona mobil telfoni, bir dona noutbuk va ko'plab boshqa narsalar bo'lishi bo'lishi mumkin. Agar 1000 AQSH dollarigacha mumkin ekanku deb, 20 ta 20 $ lik oyoq kiyim, yoki 10 ta 100 $ lik mobil telfonini olib o'taman desangiz chunvarani xom sanabsiz. Chunki shaxsiy iste'moldan ortiqcha har bir narsa uchun boj to'lanishi kerak. Bu imtiyoz chet eldan yuborilgan pochta jo'natmalariga ham amal qiladi, har bir shaxs o'ziga yuborilgan qiymati 1000 AQSH dollariga bo'lgan jo'natmalarni agar ular shaxsiy iste'mol uchun bo'lsa, hech qanday to'lovlarsiz olish imkoniyatiga ega !
 
Endi ikkinchi xolatni ko'rib chiqsak, aytaylik sizga keragidan ko'p miqdor biron buyum kelib qoldi. Masalan 5 dona mobil telefoni. Bu albatta bir kishi uchun ortiqcha, va bir martaga kelgan bo'lsa siz boj to'lovlarini to'lashga majbur bo'lasiz. Boj to'lovlari kelgan narsaning qiymati asosida hisoblanadi:
Davlat boji: 5-30 %
Qo'shimcha qiymat solig'i: 20 %
Aksiz solig'i va boshqa yig'imlar.
Masalan 100 $ ga mobil telfoni kelgan bo'lsa, davlat boji mobil telfonlar uchun 5 % deb olsak, 105 $ bo'ladi, va shuning qo'shimcha qiymat solig'i 126 $ bo'ladi, aksiz solig'i va boshqa yig'imlarni ma'lum turdagi tovarlargina to'lashadi. Xullas Jismoniy shaxs 1000 $ ortiq qiymatdagi buyumlarni olib kirsa, yoki shaxsiy iste'moldan ortiqcha hisoblansa davlat boji va qo'shilgan qiymat solig'ini , agar aksiz mahsuloti bo'lsa(aksiz solig'i masalan: sigaret, benzin shunga o'xshagan mahsulotlargangina undiriladi) aksiz soliqlarini to'lashga majbur.
 
Shuni alohida aytish kerakki kelgan buyumning narxini aniqlashda bojxona xodimlari unga ko'rsatilgan yoki siz aytgan summaga emas, o'zlarining bazasidagi narxga qarashadi. Bu baza narxlari bilan mana bu yerga tanishishingiz mumkin, ro'yhat to'liq va yangi bo'lmasada yo'qdan ko'ra bor: http://customs.uz/uz/events/data/739/
 
Endi uchinchi xolatda o'tsak. Siz tadbirkorsiz va chet eldan biron mahsulot import qilib sotmoqchisiz. Bunda ham siz:
Davlat boji: 5-30 %
Qo'shilgan qiymat solig'i: 20 %
Aksis soliqlari: Agar aksiz mahsuloti bo'lsa
Bojxona yig'imlari: masalan 25 AQSH dollari bojxona ko'rigi uchun va boshqa yig'imlar.
to'lashingiz kerak bo'ladi. Bu yerda qonun osti va imtoyiz va boshqalar shunchalar ko'pki tushuntirish uchun 4-5 maqola ham kamlik qiladi. Oddiy maslahat bersak.
Eng avvalo kiritayotgan mahsulotingizni raqamli kodini aniqlab olishingiz kerak. Buni quyidagi saxifadan bilingiz mumkin, afsuski rus tilida: http://fmc.uz/legisl.php?tnvd2012=tnvd_2012
Keyin bojxona kankulyatori yordami to'lovlarni hisoblashingiz mumkin: http://195.158.19.228/culc/
Kelayotgan mahsulotni qayerda ishlab chiqarilganligi juda muhim, chunki qo'shni 10 davlatdan bojxona boji olinmaydi, ma'lum davlatlardan esa ikki barobar qilib olinadi. Shuning uchun har qanday mahsulot uchun uning qaysi davlatda ishlab chiqarilganligi haqida sertifikat olishni unutmang. Yana shartnoma, eksport deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar shu narxda sotib olganingizni isbotlash uchun kerak bo'ladi. Bo'lmasa baza narxida hisoblashga majbur bo'lib qolishingiz mumkin.
 
Olgan mahsulotingiz O'zbekistonga kirib kelgan va hamma hujjatlaringiz joyida bo'lsa ham ishingiz bitmaydi. Sizga albatta bojxona to'lovini hisoblash bo'yicha mutaxasis oddiy qilib aytsak deklarant kerak bo'ladi. Chunki qonun bo'yicha o'zingiz deklaratsiya to'ldirishga haqli emassiz. Bu degani yani ortiqcha harajat va ovoragarchilik demakdir. Bu tartib ko'plab tadbirkorlarni va shaxsan meni haqli e'tirozimga sabab bo'lmoqda. Chunki bojxona yuk deklaratsiyani to'ldirish unchalik ham qiyin ish emas, biroz e'tibor berib to'ldirilsa bo'lgani. Xozir yaxshi deklarant topish muammo, yomoni ham xizmat haqi uchun 100 $ deb boshlaydi. Bularni tartibga solish va tadbirkorga o'z yuki o'zi deklaratsiya qilish huquqini berish vaqti kelmadimikan ?
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг: 
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Мы в соцсетях
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter