Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта
» » Alibaba.com dan qanday qilib xarid qilish 2 - qism

Ro'yhatdan o'tish
Ommabop
    Sayt sizga yoqdimi ?
    
    0

    Alibaba.com dan qanday qilib xarid qilish 2 - qism

    Автор: uzbshopкатегория: Maqolalar / Internet do'konlariдата: 3-08-2017, 02:15
     
    Alibaba sayti internet olamidagi eng katta bozordir. Asason xitoyliklar tomonidan o'ylab topilgan, va xitoylik ishlab chiqaruvchi va savdogarlar ko'pchilikni tashkil qilsada, dunyoni juda ko'p mamlakatidan sotuvchilarni topsangiz bo'ladi. Bu maqolamizda qanday xarid qilish xaqida batafsil keltirib, misollar bilan sizga tushuntiramiz !

    Demak boshladik, alibaba bu internet bozori bo'lib, siz bu yerdan oddiy mayda micro flesh kartadan tortib, kata mashinalarni ham xarid qilishingiz mumkin. Muhimi nimani qidirishni aniq bilsangiz bo'lgani. Oldingi maqolamizda qanday qilib tovarlarni qidirib topishni aytib o'tgandik. Demak unutmasligimiz kerakki, alibaba asosan xitoy internet bozori bo'lib, katta miqdordagi tovarlarni ulgurji yani optim oldi sottisi uchun mo'ljallangan. Asosan xitoylik ishlab chiqaruvchilar bo'lgani uchun, siz bu saytdan xitoyda ishlab chiqariladigan tovarlarni qidirishni va topishni maslahat beramiz. Bu saytdan rossiya mahsulotlarini, yoki koreya aparatlarini qidirish biroz xato bo'ladi, albatta topish mumkin lekin tanlov katta bo'lmaydi. Yoki bir ikki dona narsa xarid qilmoqchi bo'lsangiz ham bu sayt siz uchun emas, buning uchun aliexpress yoki boshqa saytlar mavjud.
     
    Agar siz xitoyda ishlab chiqariladigan mahsulotni qidirayotgan bo'lsangiz va kattaroq partiyada xarid qilmoqchi bo'lsangiz bu sayt aynan siz uchundir. Chunki bugungi kunda bu sayt orqali xitoyda ko'plab firmalar bilan bevosita aloqa o'rnatish va xaridlar qilishingiz mumkin. Qidiruv satrida mahsulotni firma nomini yozib qidirsangiz topishingiz oson kechadi. Demak bular aytilishi lozim bo'lgan oddiy maslahatlar edi, endi ishga misollarga o'tsak:
     
    Xarid qilishni oddiy DVD Plerlarimiz da qo'yiladigan DVD VIDEO disk misolida ko'rib chiqamiz, demak ishni qiruvdan boshlaymiz. Alibaba saytida til ingliz tili bo'lib, buni qidiruvda ham, sotuvchilar bilan so'zlashishda ham qo'lash mumkin. Ruscha yoki boshqa tillarni ishlatishni maslahat bermaymiz, chunki sizn sayt ham, sotuvchilar ham tushunishmaydi. Buning uchun xozir Google Tarjimon ishlab turupti, rus tilini bilsangiz kifoya, yoki o'zbek tilida tarjima biroz xato chiqadi xolos. Misolga qaytsak kerakli buyumni qidiramiz, bizning misolda "dvd pustoy disk" : ingliz tilida: Dvd + r is empty bo'ladi, shunday deb qidiramiz.
    Ko'rib turganingizdek takliflar ko'p, va tanlov imkoniyati yuqori, ko'plab sotuvchilar chiqmoqda. Bu ayni muddao, o'zimizga yoqan mahsulotni tanlab sotuvchiga so'rov yuboramiz. So'rov oddiy bo'lishi mumkin, masalan: Salom, bu mahsulot qancha turadi. Yoki to'liqroq va batafsil chiroyli yozishingiz mumkin. Agar ingliz tilini bilsangiz bu judayam asqotadi. Qidiruvda sotuvchining yiliga va Trade Assurance ishlatish, ishlatmasligiga e'tibor berish kerak. Trade Assurance bu sotuvchi va xaridor o'rtasida ishonchni taminlaydigan qism bo'lib, bunda siz xarid qilsangiz alibaba sayti sizni himoyaga oladi va siz xaird qilingan tovarni olganingiz va sifatini maquligini aytmaguningizcha pulni sotuvchiga bermaydi. Demak tez orada sotuvchi bizga javob xati yo'llaydi:
    Javob haqida ko'pincha sizdan qancha miqdorda olishingiz, aynan qanday tovar kerakligi haqida so'ralgan bo'ladi. Yoki yuqoridagidek mahsulotni narxlari aytiladi, bu xitoy yuani yoki, amerika dollarida bo'lishi mumkin. Yuanda bo'lsa ham, siz AQSH dollarida to'lov qilasiz bu shunchaki narxni yuan kursida bog'liqlikni aytilishi bo'ladi. Kursni esa internetdan bita klik orqali bilib olishingiz mumkin. Shuni unutmangki alibaba saytida juda ko'plab dallollar bor, ular katta firmalarning tovarlarini maydaroq partiyada qimat sotishga urunishadi. Shuning uchun siz kamida 4-5 ta sotuvchi bilan qiziqib ko'rishingiz. Va iloji boricha ishlab chiqaruvchi firmani topishingiz kerak. Shu o'rinda aytish kerakki ishlab chiqaruvchi firmada, eng kam miqdorda mahsulot sotib olish xajmi, (minimalniy partiya) katta bo'ladi. Narx ham shunga yarasha arzon bo'ladi. Lekin barbir ishlab chiqaruvchi firmani o'zini topish maqul ish, chunki siz ular aytgan ko'p partiyada sotib ololmasangiz ham, mahsulotni asl narxini bilib olib, ofisalni dillerni kontaklarini olib harid qilishingiz mumkin bo'ladi. Mening misolimda aynan shunday bo'ldi. Men o'zimga kerakli mahsulotni, dvd diskni 4-5 ta sotuvchidan narxini so'radim. Ular deyarli hammasi javob yozishdi, narxlar orasida farq katta emas edi. Shuning uchun men diskda nomi bo'lgan ishlab chiqaruvchi bilan ishlashga ahd qildim, va afsuski u kamida ancha katta hajmda buyurtma olishini ma'lum qildi va menga urumchidagi o'z dilleridan birini raqamini berdi.
    Diller bilan wechat dasturi orqali gaplashishga mufaqaq bo'ldim. Ular aytayotgan narx, zavod aytayotgan narxdan birozgina qimat edi. Va shuni bildimki ulardan biri Toshkentga eksport ham qilar ekan. Toshkentlik sotuvchi bilan ham gaplashdim u aytgan narx ancha qimmat edi. Bu kompanya bilan ishim bitmasligini anglab boshqa sotuvchilar bilan gaplashib ko'rishga qaror qildim. Chunki ular hadan ziyod ko'p edi, va bir marta so'rov yuborganim uchun meni pochtamga xar kun yozishar hato kontaklarimni olib whatsap va wechat orqali aloqa qilishga urinishardi, keyingi sotuvchi bilan ham ishim yurishmadi, bu sotuvchi ham kam miqdorda olayotganim uchun Trade Asurance qo'llamasligini, bo'lmasa soliq to'lashini aytib, menga bank orqali pul yuborishni taklif qildi. Men bilmagan sotuvchiga ishonib tavakkal qilib pul yuborolmasdim.
     
    Umuman e'tibor bering. Alibaba saytida sotuvchini topganingiz va Trade Assurance orqali xaridni amalga oshirsangiz ham siz to'liq himoyalandiz degani emas. Buning uchun sotuvchini yaxshilab o'rganish kerak, xato ma'lum haq evaziga xitoyda ishlaydigan o'zbeklar siz topgan sotuvchining firmasi yoki do'koniga borib, tekshirib siz uchun foto va video hisobotlar yuborib, gaplashtirib keladiganlar juda ko'p. Agent orqali firmani tekshirib, uning haqiqiyligiga ishonch xosil qilib, sotuvchi bilan barcha mayda ikir chikirlarni to'liq oldindan gaplashib olsangiz siz va Trade Assurance orqali xaridni amalga oshirsangiz siz uchun xafv umuman bo'lmaydi deb aytish mumkin ! Bu extiyo choralari edi, umuman ishonch ham bo'lishi kerak, xozir internet davrida yashayapmiz, endilikda sotuvchi ko'rmasdan ham to'lovni amalga oshirib narsalar sotib olamiz, bundan nari borsa 10 tadan bitasi olib sotar bo'lishi mumkin
     
    Demak misolga qaytsak, uchinchi sotuvchi yaxshi narxlar aytib meni ko'ndirishga erishdi. Men undan mahsulot xarid qilishga rozi bo'ldim. Faqat bir katta xatoga yo'l qo'ydim, men sotuvchi bilan gaplashganda, yetkazib berishni uning vazifasiga kiritdim. Va tabbiyki yo'lkira uchun ancha ko'proq to'lashimga to'g'ri keldi. Unutmang agar yetkazib berishni sotuvchiga ishonsangiz doim ortiqcha to'laysiz, chunki xitoylik O'zbekistonga yuk yuborish tajribasiga ega emas bo'ladi, u ofisalni eng qimmat yetkazib beruvchi kompaniyalarni topadi va siz to'lashga majbur bo'lasiz. Shuning uchun sotuvchi bilan doim FOB (mahsulotning ishlab chiqariladigan joyidagi narxi) narxini so'rash kerak va uni siz aytgan xitoyni ichidagi manzilga bepul yetkazib berishni iltimos qilish kerak. Bu yerdan, O'zbekistondan xitoydan yuk tashuvchi locistik kompaniya yoki odamlarni topasiz, ular xitoydagi o'z omborlarini manzili aytishadi va xitoylik yuklarni ularga yetkazib beradi, bu usul ancha arzon tushadi. 

    Masalan mening misolimda, 0.3 kub metr, 170 kilogramlik yuk uchun 700 $ to'lashimga to'g'ri keldi, aytish kerakki 9 kunda avia linya samolyot orqali yukim yetib keldi. Misol uchun, toshkentda xitoydan yuk tashuvchilar bilan gaplashsangiz 1 kub metr yukni bir oyda temir yo'l orqali yetkazib berish 150 $ turadi. Va bu tovarni yetkazib berish narxi, bojxona narxiga qo'shiladi va bu uchun ham ortiqcha soliq to'lash demakdir, shunig uchun 2 karra zarar qimaslik uchun yo'lkiraga aloxida e'tibor berish kerak
    Demak oddiy ketma ket tushuntirsam, birinchi navbatta kerakli mahsulot izlab topiladi, ikkinchi sotuvchi tekshiriladi va to'liq gaplashib olinadi:

    Uchinchi yon tomondagi panel orqali tovar haqida ma'lumot, yetkazib berish shartlari, naxi kiritilib sotuvchiga so'rov yuboriladi, sotuvchi rozi bo'lsa to'lov qilish mumkin bo'ladi. Yoki sotuvchi sizga yuborishi, siz rozi bo'lib to'lov qilishingiz kerak, muhimi e'tiborli bo'ling.

    To'lov qilishni 3 xil usuli mavjud. Pul yuborish, Bank orqali to'lov qilish, va plastik karta orqali to'lov qilish, O'zbekiston eng osoni xohlagan bankdan borib visa karta ochish va o'sha orqali to'lov qilishdir. Albatta siz jiddiy firma egasi bo'lsangiz bank orqali valyutni hisob raqam ochib o'sha orqali to'lasangiz bo'ladi, ammo buni o'ziga yarasha murakkab jihatlari bor, bular haqida keyingi maqolarimizda batafsil to'xtalamiz.

    To'lov qilganingizdan so'ng sotuvchiga ma'lum mudat tovarni tayorlash va jo'natish uchun beriladi, buni yuqoridagi panelda ko'rsatihs mumkin edi, keyin yana ma'lum mudat yetkazib berishga beriladi, siz bu muddat ichida tovarni olganingizni tasdiqlashingiz va yomon sifatli bo'lsa Trade Assurance himoyasi orqali pulingizni qaytarib olishingiz mumkin. Lekin bu ham ancha murakkab ish, shu bois aloxida maqola tayyorlaymiz.

    Hammasi yaxshi ketsa tovarni O'zbekistonda yetib kelganda qabul qilib olish va bojxonadan o'tkazish qoladi xolos. Umuman O'zbekistonda juda ko'pchilik "xitoychi" deb nom chiqargan savdogarlar,  Urumchi shahriga borishadida, tovar xarid qilib abu saxiy yoki shunga o'xshagan o'zi bojxonadan o'tkazib beradigan kargo topip yuklarini olib kelishadi. Alibaba orqali siz Urumchidagi diller va sotuvchilarni emas, Xitoy markazidagi firmalar bilan aloqa o'rnatishingiz, tovarlarga nazar solib, narxlarni bilishingiz mumkin. Keyingi maqolalarimizda qanday to'lov qilish haqida, qanday yetkazib berish usuli arzon va tez, abu saxiy va boshqa kargolar haqida, bojxonadan qanday o'tkaziladi, degan savollarga javob topasiz !!!
    скачать dle 11.0фильмы бесплатно

    Теги:

    Другие новости по теме:

    • Alibaba.com dan qanday qilib xarid qilish  Hammamizga ma'lumki internetdan bemalol narsalar xarid qilish mumkin. Ammo biz haqiqiy yirik biznes bilan shug'ullanib, juda ko'plab miqdorda tovar va mahsulotlar keltirmoqchi bo'lsakchi.
    • Gearbest.com internet do'koni haqida  Gearbest.com - bu ko'plab elektron mahsulotlarni sotadigan xitoyning internet do'konidir. Keyin yana erkaklar kiyimlarini ham aloxida sanab o'tish kerak. Zamonaviy gadjetlar ishqibozlari bu
    • Aliexpress.com qanday harid qilish haqida to'liq  Saytimizda aliexpress.com sayti haqida ma'lumot bergan edik. Endi bu galgi maqola siz bilan saytdan to'liq ro'yhatdan o'tishni va xarid amalga oshirishni ko'rib chiqamiz !
    • Aliexpress.com sayti haqida  Saytimizdagi ilk internet do'koni sifatida, Aliexpress.com do'koni haqida ma'lumot berishga ahd qildik. Sababi xozirgi kunda dunyo va O'zbekiston qamrovida juda tez rivojlanayotgan, kundan
    • Internetdan xarid qilish haqida  Ko'pchiligimiz internet orqali ko'plab mahsulotlarni reklamasini ko'ramiz, ularni realni xarid qilishimiz, yoki internet magazinlardan xaridlarni amalga oshirish mumkinmi ? O'zimizdagi
    Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
    Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
    Информация
    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.